Kroos: «Agar Ronaldu ertaga ketadigan boʻlsa, Saudiya ligasini boshqa hech kim tomosha qilmaydi»
Madridning «Real» klubi sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofida Saudiya ligasida yuzaga kelgan vaziyat haqida gapirdi.
«Saudiya ligasi — juda qiziq joy. Chunki Krishtianu kelguniga qadar ular haqida hech kim eshitmagan edi, endi esa ularga dunyo miqyosida shuhrat keltirgan insonni hurmat qilmayaptilar. Sizga ochiqchasiga aytaman: agar Krishtianu ertaga ketadigan bo‘lsa, bu ligani boshqa hech kim tomosha qilmaydi», — dedi germaniyalik yulduz o‘zining podkastida.
Avvalroq Krishtianu Ronalduning «An Nasr», «Al Ittihod», «Al Hilol» va «Al Ahli» klublariga egalik qiluvchi Saudiya Arabistoni investitsiya jamg‘armasi siyosatidan norozi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik yulduz «An Nasr»ning qishki transferlaridan qoniqish hosil qilmagan.