locale OZ

Kristian Romero “Inter”ga moliyaviy talablarini bildirdi

28 yoshli futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kristian Romero “Inter”ga moliyaviy talablarini bildirdi
Foto: Getty Images

“Inter” “Tottenhem” himoyachisi Kristian Romero transferi bo‘yicha tez orada yakuniy qarorga kelmoqchi.

Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining maoshi kelishuvga to‘sqinlik qilmaydi. Romero “Tottenhem”da olayotgan maoshiga teng shartlarni so‘ragan, Milan klubi esa bu talabni bajarishga tayyor.

“Inter” muzokaralarni tezlashtirmoqda, chunki argentinalik himoyachiga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda.

28 yoshli futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda. Uning “Tottenhem” bilan shartnomasi 2029-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting