Kristian Pulishich jarohati sabab Avstraliyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
AQSh terma jamoasi yarimhimoyachisi Kristian Pulishich jarohati sabab JCh-2026 guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi bahsda o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, futbolchiga uning boldir mushaklaridagi jarohat xalaqit bermoqda. Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Paragvayga qarshi uchrashuvda (4:1) Pulishich o‘zida noqulaylik his qilgan va o‘yinni oxirigacha yetkazib qo‘ya olmasdan, maydonni tark etgan edi.
Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida AQSh terma jamoasi 26-iyun kuni Turkiya vakillariga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Inglvuddagi (AQSh) «Sou-Fay» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan.