locale OZ

Kristian Pulishich: «Chap boldirimda noqulaylik his qildim, ammo hammasi joyida boʻladi deb umid qilaman»

AQSh terma jamoasi yarim himoyachisi Paragvayga qarshi o'yinda almashtirish sababini tushuntirdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Kristian Pulishich: «Chap boldirimda noqulaylik his qildim, ammo hammasi joyida boʻladi deb umid qilaman»
FOTO: Getty Images

AQSH terma jamoasi yarimhimoyachisi Kristian Pulishich Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Paragvayga qarshi oʻyinda (4:1) jarohat olib, 46-daqiqada almashtirilgani borasida fikr bildirdi va oʻzining sogʻligʻi haqida gapirdi.

«Birinchi boʻlimda biroz jarohat oldim. Umid qilamanki, bu jiddiy narsaga olib kelmadi, bugun shunchaki ehtiyot chorasini koʻrdik.

Hammasi joyida boʻladi deb umid qilaman. Chap boldirim sohasida diskomfort (noqulaylik) his qildim, lekin menda avval ham bunday holat boʻlgan… Ijobiy kayfiyatni saqlab qolaman. Oʻylaymanki, qoʻrqinchli hech narsa yoʻq. Biz ushbu Jahon chempionatini shunchaki aqlbovar qilmas darajada boshladik, ammo oldinda hali qilinadigan ishlar juda koʻp», — deya Pulishichning soʻzlarini keltiradi AFP axborot agentligi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting