Kristian Pulishich APL va A Seriyani o‘zaro taqqosladi
Photo: Getty Images
“Milan” vingeri Kristian Pulishich Angliya Premyer-ligasi bilan Italiya A Seriyasini o‘zaro taqqosladi.
“Bilasizmi, juda ko‘pchilik Italiya chempionatida Premyer-ligaga qaraganda kamroq kuch sarflanadi deb o‘ylashadi. Yo‘q, aslida unday emas. 'A' Seriya bahslari futbolchidan yaxshigina jismoniy kuch va taktik bilim talab qiladi.
Bu yerga ko‘chib o‘tgach, samaradorlik ko‘rsatkichlarimning oshishini esa muhim pallada to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rganganim bilan izohlagan bo‘lardim. Ya’ni, darvoza tomon zarba va yakuniy pas o‘rtasidagi tanlovni nazarda tutyapman”, - deya amerikalik futbolchining so‘zlaridan keltiradi klub rasmiy sayti.
Bahrom Bobonov
Redaktor