Kristian Kofane Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi
«Bayer» hujumchisi Kristian Kofane UEFA Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi. Squawka statistik portali ma'lumotlariga ko'ra, 11 mart, chorshanba kuni Londonning «Arsenal» klubiga qarshi 1/8 final uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgan 19 yoshu 228 kunlik futbolchi bir vaqtning o'zida ikkita muhim rekordni qayd etdi.
Kofane «Bayer» safida Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida asosiy tarkibda maydonga tushgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Bu boradagi mutlaq rekord 2017 yilda Madridning «Atletiko» klubiga qarshi o'yinda 17 yoshu 255 kunlik bo'lgan Kay Havertzga tegishli.
Shuningdek, Kristian Kofane Kamerunlik futbolchilar orasida pley-off bahslarida asosiy tarkibda maydonga tushgan ikkinchi eng yosh o'yinchi sifatida qayd etildi. Mazkur yo'nalishdagi rekord sohibi esa 19 yoshu 191 kunligida ushbu natijaga erishgan himoyachi Joel Matip hisoblanadi.