locale OZ

Kristian Eriksen yana maydonda hushini yoʻqotdi

Ushbu holat Daniya — Ukraina uchrashuvi vaqtida sodir boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kristian Eriksen yana maydonda hushini yoʻqotdi
FOTO: Getty Images

Daniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Kristian Eriksen Ukraina bilan oʻrtoqlik uchrashuvida hushini yoʻqotdi. Oʻyin Daniyaning Odense shahridagi «EWII Park – Odense» stadionida boʻlib oʻtayotgan edi. Uchrashuv Daniya foydasiga 2:1 hisobi qayd etilayotgan vaqtda toʻxtatildi.

Koʻngilsiz voqea ikkinchi boʻlim oʻrtalarida yuz berdi. Futbolchining maydonga yiqilish lahzasi translyatsiyaga gʻoyib boʻldi. Oʻyin 75-daqiqada toʻxtatildi va qayta davom ettirilmadi.

Uchrashuvdagi birinchi golni 13-daqiqada Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Patrik Dorgu kiritdi. 36-daqiqada esa himoyachi Yoakim Mexle mezbonlarning ustunligini ikkitaga oshirdi. 44-daqiqada Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Viktor Tsigankov javob golini urishga muvaffaq boʻldi.

Har ikkala milliy terma jamoa ham 2026 yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanma ololmagan.

JCh-2026 Yevropa saralash bosqichining «C» guruhida Daniya ikkinchi oʻrinni egalladi, biroq pley-off raundida Chexiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi (2:2, penaltilar seriyasida 1:3).

Ukraina ham «D» guruhida ikkinchi oʻrinni band etdi, ammo pley-offning 1/2 final bosqichida Shvetsiyaga magʻlub boʻldi (1:3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting