Kristian Eriksen “Volfsburg”ni tark etdi
Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen “Volfsburg”ni tark etdi. Klub va 34 yoshli futbolchi 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida muddatidan avval bekor qildi. Bu haqda “Volfsburg” matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.
Klub sport direktori Diter Xekkingning aytishicha, shartnomani bekor qilish tashabbusi Eriksenning o‘zidan chiqqan. Futbolchi hozirgi vaziyatda Daniyada oilasiga yaqin bo‘lish uning uchun muhim ekanini ta’kidlagan.
Eriksen “Volfsburg”ga bir yil avval erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. U Germaniya klubi safida barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Eriksen yozdan beri jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarda ishtirok etmayotgan va individual reabilitatsiya dasturini Daniyada o‘tayotgan edi. Hozircha uning faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum emas.