Kristensen kasalligi sabab «Barselona»ning mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi
Himoyachi Andreas Kristensen kasalligi tufayli yakshanba kuni "Barselona"ning tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, futbolchi La Liganing 2-turidan o'rin olgan "Levante" bilan o'yinda (3:2) 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. O'yindan keyin ertalab daniyalik o'zini yomon his qildi va ko'k-anorranglilar bosh murabbiyi Hans-Dieter Flik unga mashg'ulotni o'tkazib yuborishga ruxsat berdi.
Keyingi turda kataloniyaliklar 31 avgust kuni mehmonda "Rayo Valekano" bilan bahs olib boradi.
O'tgan mavsumning asosiy qismini paylaridagi muammolar sabab o'tkazib yuborgan Andreas Kristensen Saudiya Arabistoni va Angliya Premer-liga takliflarini rad etdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.