locale OZ

Kristensen «Barselona»ning shartnomani uzaytirish boʻyicha berilgan ilk taklifini rad etdi — manba

Qayd etilishicha, yangi bitimda koʻzga tutilgan maosh futbolchining hozirgi maoshidan sezilarli darajada past.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kristensen «Barselona»ning shartnomani uzaytirish boʻyicha berilgan ilk taklifini rad etdi — manba
FOTO: Getty Images

«Barselona» markaziy himoyachisi Andreas Kristensen 2026 yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha berilgan ilk taklifni rad etdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining agentlari «ko‘k-anorranglilar» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda, chunki himoyachining o‘zi faoliyatini aynan «Blaugrana» safida davom ettirishni istaydi.

«Barselona» Kristensenning klubga bo‘lgan sodiqligini qadrlagani sababli unga yangi mehnat shartnomasi taklif qilgan, biroq yangi bitimda ko‘zda tutilgan maosh futbolchining hozirgi daromadidan sezilarli darajada past. Ta’kidlanishicha, o‘yinchiga Italiya va Germaniya jamoalari tomonidan qiziqishlar mavjud.

Joriy mavsumda Kristensen 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchi dekabr oyidan buyon chap tizzasidagi oldingi xochsimon bog‘lamlarining qisman uzilishi jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting