Kristensen «Barsa»da qolish uchun maoshini kamayishiga qarshi emas
Masalaning moliyaviy tomoni Andreasni unchalik ham xavotirga solmayapti.
ФОТО: Getty images
“Barselona”ning 29 yoshli daniyalik himoyachisi Andreas Kristensen yozda hamkorlik bo‘yicha barcha takliflarni ko‘rib chiqadi.
Mundo Deportivo nashri xabar berishicha, klub daniyalik futbolchining jamoadan ketishiga qarshi emas. Mavsum yakunida futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi yakunlanib, u erkin agentga aylanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona” bilan keyingi ikki mavsum uchun mo‘ljallangan yangi shartnoma himoyachi maoshining keskin qisqarishini ko‘zda tutadi. Masalaning moliyaviy tomoni Andreasni unchalik ham xavotirga solmayapti.
Andreas Kristensen 2022 yildan beri “Barselona” safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda 17 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist