«Kristal Pelas»ga yangi bosh murabbiy topildi
«Kristal Pelas» klubi yaqin orada «Lans» ustozi Pyer Sajni jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlashga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, London klubi fransiyalik mutaxassisga 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, «burgutlar»ning sobiq bosh murabbiyi Oliver Glasner yakunlangan mavsum oxirida jamoani tark etgan edi. «Kristal Pelas» ortda qolgan mavsumda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 15-o‘rinni egalladi. Shuningdek, jamoa UEFA Konferensiyalar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Pyer Saj qo‘l ostidagi «Lans» esa 2025/2026 yilgi mavsumda Fransiya kubogi sohibiga aylandi, shuningdek, Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.