locale OZ

«Kristal Pelas» yangi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etmaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Kristal Pelas" yangi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etmaydi
Photo: Getty Images

"Kristal Pelas" 2025/2026 yilgi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etmaydi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, London klubi Sport arbitraj sudidagi (CAS) ishini yutqazdi. Sud UEFAning "burgutlar"ni turnirga qo'ymaslik qarori to'g'ri bo'lganini tasdiqladi.

Shu tariqa, Oliver Glasner jamoasi Konferensiyalar Ligasida o'ynaydi. Yevropa Ligasi yo'llanmasi esa "Nottingem Forest"ga nasib etdi.

Eslatib o'tamiz, "Kristal Pelas" kuni kecha Angliya superkubogi bahsida "Liverpul"ni mag'lub etib, o'z tarixida ikkinchi marotaba sovrin sohibiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting