locale OZ

«Kristal Pelas» Uillok uchun da'vogar

"Arsenal" tarbiyalanuvchisi hozirda "Nyukasl" tarkibidagi o‘rnini yo‘qotib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Kristal Pelas" Uillok uchun da'vogar
ФОТО: Getty images

"Kristal Pelas" qishki transfer oynasida markaziy yarim himoyachi Jo Uillokni jamoaga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Arsenal" tarbiyalanuvchisi hozirda "Nyukasl" tarkibidagi o‘rnini yo‘qotib bormoqda.

Londondaliklar bitim amalga oshishi mumkin, deb hisoblamoqda va 26 yoshli futbolchini kelasi oy Londonga qaytarishni istamoqda.

Ma'lum qilinishicha, "Nyukasl" Uillok uchun avval to‘lagan taxminan 21 million funtga yaqin miqdorda pul talab qilishi mumkin.

Uillok joriy mavsumda jami 8 ta o‘yinda 277 daqiqa maydonda harakat qildi va 1 ta golli uzatma berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting