locale OZ

«Kristal Pelas» Sarr bilan shartnomani uzaytirmoqchi

28 yoshli senegallik vingerning «burgutlar» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Kristal Pelas» Sarr bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Фото: Getty Images

«Kristal Pelas» rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Ismoil Sarrning vakillari bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

28 yoshli senegallik vingerning «burgutlar» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. Uning transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.

Avvalroq matbuotda Sarrga «Liverpul» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. «Qizillar» afrikalik futbolchini o‘tgan yozda o‘z safiga qo‘shib olishni istagan, ammo transfer amalga oshmagan.

Sarr joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida hozircha 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting