locale OZ

«Kristal Pelas» Pinoning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Kristal Pelas» Pinoning transferini e'lon qildi
Фото: Кристал Пэлас

Ispaniya terma jamoasi a'zosi Yeremi Pino faoliyatini APLda davom ettiradi.

"Kristal Pelas" 22 yoshli futbolchi uchun "Vilyarreal"ga 30 million yevro to'laydi.

Futbolchining o'zi bilan esa besh yillik shartnoma imzolandi. Yeremi Pino yangi jamoasida 10-raqam ostida harakat qiladi.

Pino "Vilyarreal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yildan beri asosiy jamoada o'ynab kelmoqda. Futbolchi ispan klubida jami 170 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va yana 23 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting