«Kristal Pelas» «Milan»ga yo‘q dedi
«Rossonerilar» jamoaning hujum chizigʻini kuchaytirishga harakat qilmoqda.
FOTO: Getty Images
Footmercato xabariga ko‘ra, «Kristal Pelas» «Milan»ning hujumchi Jan-Filipp Matetani transfer qilish borasidagi taklifini rad etdi.
Manbaga ko‘ra, «rossonerilar» 28 yoshli futbolchini «burgutlar» safida barqaror gol ura oladigan markaziy hujumchi sifatida ko‘rmoqda.
Mateta 2022 yil yanvaridan buyon «Kristal Pelas» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 40 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist