locale OZ

«Kristal Pelas» Matetaga munosib oʻrinbosar topdi

25 yoshli norvegiyalik forvard londonliklar safini tark etishga yaqin turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Kristal Pelas» Matetaga munosib oʻrinbosar topdi
FOTO: Getty Images

Londonning «Kristal Pelas» klubi «Vulverxempton» hujumchisi va Norvegiya terma jamoasi a’zosi Yorgen Strann Larsen transferini yakunlashga juda yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.

«Burgutlar» 25 yoshli norvegiyalik forvardni ko‘plab Yevropa top-klublari e’tiborida bo‘lib turgan Jan-Filipp Matetaga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Larsen yaqin vaqt ichida yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Transfer qiymati bonuslar bilan birga 45 million funt sterlingni (taxminan 52,2 million yevro) tashkil etishi kutilmoqda — bu «Kristal Pelas» uchun rekord darajadagi xariddir.

Larsen joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuni ta'kidlash kerakki, u ushbu gollarning aksariyat qismini Angliya Kubogi va Liga Kubogi bahslarida kiritgan bo‘lsa, APL o‘yinlarida hozircha o‘z darajasini to‘liq ko‘rsatishga intilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting