“Kristal Pelas” Kayl Uokerni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Angliyaning “Kristal Pelas” klubi tajribali himoyachi Kayl Uokerga qiziqish bildirmoqda.
Italiyaning derbyderbyderby.it nashri ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 36 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. “Kristal Pelas” so‘nggi yillarda sezilarli natijalarga erishdi va bahorda Yevropa miqyosidagi sovrinni ham qo‘lga kiritdi. Shu sababli klub rahbariyati tarkibni tajribali futbolchi bilan kuchaytirishni maqsad qilgan.
Uoker avvalroq “Manchester Siti” safida uzoq yillar davomida to‘p tepgan. Shuningdek, angliyalik himoyachi faoliyatining bir qismini Italiyada o‘tkazib, “Milan” sharafini yarim mavsum himoya qilgan.
Hozircha “Kristal Pelas” va Uoker o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi 21-avgust kuni boshlanadi. “Kristal Pelas” dastlabki turda “Everton”ga qarshi maydonga tushadi.