«Kristal Pelas» Kamara bilan qiziqmoqda
Bu haqda BBC xabar berdi.
ФОТО: Getty images
"Monako" Senegal yarim himoyachisi Lamin Kamaraning "Kristal Pelas"ga transferiga ruxsat bermadi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Angliya klubi futbolchi uchun €41 milliondan ortiq, ya’ni £35 milliondan ko‘proq taklif qilgan. Biroq "Monako" ushbu taklifni rad etgan. Qayd etilishicha, Kamaraning transferi "Kristal Pelas" tarixidagi eng qimmat xaridlardan biriga aylanishi mumkin edi.
22 yoshli Kamara o‘tgan mavsumda Liga 1da 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u 2026 yilgi jahon chempionatida Senegal terma jamoasi safida 4 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist