«Kristal Pelas» hujumchisi Mateta «Yuventus»ga o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi
Hozirda tomonlar oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda.
FOTO: Getty Images
«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta London klubining rahbariyatiga Italiya A Seriyasi vakili «Yuventus»ga o‘tishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma’lumot berdi.
Insayderning aytishicha, muzokaralar muvaffaqiyatli kechmoqda, shuning uchun fransuz futbolchi haftaning oxiriga qadar italyan klubiga qo‘shilishi mumkin. «Yuventus» ijara uchun majburiy sotib olish opsiyasi bilan 30 mln yevro to‘laydi.
Joriy mavsumda Mateta klub safiga barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist