«Kristal Pelas» «Chelsi» qiziqish bildirayotgan D'Yomandeni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
«Chelsi» «Sporting» markaziy himoyachisi Usmon D’Yomandega qiziqish bildirmoqda, biroq «Kristal Pelas» ushbu transferni amalga oshirishda «ko‘klar»ga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining shartnomasida 80 mln yevro miqdoridagi tovon puli bandi mavjud. Ushbu summa «Kristal Pelas» uchun jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin, ammo «Chelsi» uchun katta muammo tug‘dirmasligi ta’kidlanmoqda.
«Burgutlar» D’Yomandeni Mark Gehi uchun ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Gehi bilan shartnoma esa 2026 yil yozida yakunlanadi.
Joriy mavsumda Usmon D’Yomande barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq samarali harakat amalga oshira olmadi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi bozor qiymati 45 mln yevroni tashkil etadi.