“Kristal Pelas” “Chelsi” himoyachisi Aksel Disasini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Hozirda “Kristal Pelas” Disasi va uning vakillari bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Foto: Getty Images
“Kristal Pelas” “Chelsi” markaziy himoyachisi Aksel Disasini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. RMC Sport ma’lumotiga ko‘ra, klublar 28 yoshli futbolchining bir mavsumlik ijarasi borasida og‘zaki kelishuvga kelgan.
Bitimda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan. Hozirda “Kristal Pelas” Disasi va uning vakillari bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Fransiyalik himoyachi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Vest Hem” safida ijara asosida o‘tkazdi. U London klubi tarkibida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Ma’lumot uchun, Disasining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist