locale OZ

«Kristal Pelas» Bouenga 58 million yevro taklif qilmoqchi

Angliyalik futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Crystal Palace Bouenga 58 million yevro taklif qilmoqchi
ФОТО: Getty images

“Kristal Pelas” “Vest Hem” sardori Jarrod Bouenni tarkibiga qo‘shib olish uchun 58 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Hozircha “Kristal Pelas” tomonidan West Ham'ga rasmiy taklif yuborilmagan. Biroq klub Bouenni tarkibga qo‘shish orqali o‘ng qanotdagi pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Bоuen “Vest Hem”da qolib, jamoaga Chempionshipdan Premyer-ligaga qaytishda yordam berishga qaror qilgani xabar qilingan edi. Angliyalik futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Bouen 2020 yilda “Hаll Siti”dan West Hamga o‘tgan va shundan beri klubning muhim futbolchilaridan biriga aylangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting