locale OZ

“Kristal Pelas” Adam Uortonning kelajagi bo‘yicha qaror qildi: “U bizga kerak”

22 yoshli angliyalik futbolchiga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kabi klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Kristal Pelas” Adam Uortonning kelajagi bo‘yicha qaror qildi: “U bizga kerak”
Foto: Getty Images

“Kristal Pelas” bosh murabbiyi Per Saj yarim himoyachi Adam Uorton yozgi transfer oynasida jamoani tark etmasligini ma’lum qildi. 22 yoshli angliyalik futbolchiga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kabi klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Sajning aytishicha, klub allaqachon bir nechta muhim futbolchilarini sotgan va ayni paytda Uorton bilan ham xayrlashish rejalashtirilmagan. Murabbiy yarim himoyachining kelajakda katta klubda o‘ynash salohiyatiga ega ekanini tan oldi, biroq yana bir mavsum “Kristal Pelas”da qolishi uning rivojlanishi uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.

“Adam katta klubda o‘ynashi mumkin, ammo yana bir yil biz bilan qolishi unga foyda beradi. U bizga kerak”, — dedi Saj. Shunday qilib, London klubi futbolchini kamida kelasi mavsum oxirigacha tarkibda saqlab qolishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Adam Uorton o‘tgan mavsum “Kristal Pelas” safida barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etdi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting