locale OZ

“Kristal Pelas” Adam Uorton bo‘yicha “Manchester Siti”ga rad javobini berdi

Uorton “Manchester Siti”ning yarim himoyani kuchaytirish uchun ko‘rib chiqayotgan nomzodlari qatorida turibdi.
“Kristal Pelas” Adam Uorton bo‘yicha “Manchester Siti”ga rad javobini berdi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” “Kristal Pelas” yarim himoyachisi Adam Uorton transferi bo‘yicha London klubiga murojaat qildi. Biroq “Kristal Pelas” 22 yoshli futbolchini shu yozda sotmasligini ma’lum qilgan.

Uorton “Manchester Siti”ning yarim himoyani kuchaytirish uchun ko‘rib chiqayotgan nomzodlari qatorida turibdi. Jamoada Rodri, Bernardu Silva va Tijjani Reynders ketganidan keyin ushbu chiziqda tarkibni yangilash ishlari davom etmoqda.

“Manchester Siti” avvalroq “Nottingem Forest”dan Elliot Andersonni transfer qilgan. Shuningdek, klub “Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandesga ham qiziqish bildirgan.

Ma’lumot uchun, Adam Uorton “Kristal Pelas”ga 2024-yil qishda “Blekbern Rovers”dan kelib qo‘shilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting