locale OZ

«Krishtianuga pas berishga qo‘rqyapsanmi?» Ronaldu muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Fernandeshni tanqid qilishdi

Muxlislar Brunu va Neveshni keskin tanqid qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Krishtianuga pas berishga qo‘rqyapsanmi?» Ronaldu muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Fernandeshni tanqid qilishdi
ФОТО: Getty images

Portugaliya hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichining 1-turida Kongo DR bilan (1:1) o‘yindan so‘ng milliy jamoaning ba’zi futbolchilarini tanqid ostiga olishdi.

Xususan, Brunu Fernandesh va Joau Neveshning o‘yinidagi harakatlar muxlislarning g‘azabini keltirib chiqardi. 41 yoshli forvardning fanatlari boshqa futbolchilar unga yetarlicha to‘p uzatmayotganini ta’kidlamoqda.

“Ronalduga pas berishga qo‘rqyapsanmi?” — deb Fernandesh postining ostida izoh qoldirdi satzhann.012 foydalanuvchisi.

“U Krishtianuning bosh dushmani...” — deb yozdi sahhyyll foydalanuvchisi.

“Aqlingdan ozdingmi? Nima bo‘lyapti?! Hujumchiga pas ber”, — deya g‘azabini bildirdi manideepa_ foydalanuvchisi.

“Hurmat ko‘rsat. Ronaldu — sizning ustozingiz”, - deb Nevesh postining ostida izoh qoldirdi andresj.naranjo foydalanuvchisi.

“Argentina Messi uchun o‘ynaydi. Agar g‘alaba qozonishni istasang, Ronaldu uchun o‘yna, yigitcha”, — deb yozdi gibsons004.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting