locale OZ

Krishtianu Ronalduning sarmoyasi «Almeriya»ni Ispaniyaning eng mashhur klublari qatoriga olib chiqdi

Portugaliyalik yulduz mazkur klub aksiyalarining 25 foizini sotib olganidan soʻng, uning ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyasi keskin koʻpaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronalduning sarmoyasi «Almeriya»ni Ispaniyaning eng mashhur klublari qatoriga olib chiqdi
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi va «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Almeriya» klubiga kiritgan sarmoyasi jamoaning media-maydondagi nufuzini sezilarli darajada oshirdi. Ispaniya ikkinchi divizioni vakili hisoblangan mazkur klub aksiyalarining 25 foizini sotib olganidan so‘ng, uning ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyasi keskin ko‘paydi.

Ronalduning sarmoyasi ortidan yuzaga kelgan «media-bum» klubning xalqaro miqyosdagi tanilishiga zamin yaratdi. Natijada, «Almeriya» La Liganing aksariyat jamoalarini ortda qoldirib, ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilar soni bo‘yicha Ispaniyaning eng nufuzli beshta klubi safiga kirdi.

Bugungi kunda Ispaniya klublari orasida ommaboplik bo‘yicha «Real Madrid» 181 million obunachi bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni 147 million kuzatuvchi bilan «Barselona» band etgan bo‘lsa, «Atletiko Madrid» 18 million obunachi bilan kuchli uchlikni yakunlaydi. «Sevilya» klubi 3,6 million obunachi bilan to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan. «Almeriya» esa ayni damda 3,2 million obunachi bilan mazkur ro‘yxatda beshinchi pog‘onani egallab turibdi.

Mutaxassislar Ronalduning global brend sifatida klubga jalb etilishi «Almeriya»ning kelgusida tijoriy va marketing nuqtai nazaridan salohiyatini yanada rivojlantirishiga ishonch bildirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting