Krishtianu Ronalduning oʻgʻli «An Nasr»ning asosiy jamoasiga chaqirilishi mumkin — Romano
«An Nasr» jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning 16 yoshli o‘g‘li — Krishtianu Ronaldu Juniorni kelasi mavsumdan boshlab asosiy jamoa tarkibiga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano Alweeamnews nashriga tayanib xabar berdi.
Iyun oyida Portugaliya yoshlar terma jamoasi a’zosi 16 yoshga to‘ladi. «An Nasr» uning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda va u uchun eng maqbul yo‘lni izlamoqda. Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, uni asosiy tarkibga jalb etish variantlardan biri bo‘lib turibdi.
Krishtianu Ronaldu 2023 yildan buyon «An Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 41 yoshli forvard Saudiya Arabistoni chempionatining 25 ta o‘yinida 24 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda uning jamoasi bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan holda, «Al Hilol»dan sakkiz ochkoga o‘zib ketib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.