Krishtianu Ronaldu yozda «An Nasr»ni tark etishi mumkin — Record
«An Nasr»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistoni klubini tark etishi kutilmoqda. Bu haqda nufuzli Record nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi o‘zini «An Nasr»da baxtsiz his qilmoqda va faoliyatini davom ettirish uchun Yevropa hamda MLS variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, Ronalduning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli 50 million yevroni tashkil etadi.
Krishtianu 2023 yildan buyon «An Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda va uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, faoliyati davomida «Real», «Manchester Yunayted», «Yuventus» va «Sporting» kabi klublarda to‘p surgan yulduzning bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 12 million yevroga baholangan.