Krishtianu Ronaldu yana raqib darvozasini ishg'ol qildi
portugaliyalik futbolchi 1000 talik dovonga borgan sari yaqinlashmoqda.
Photo: gettyimages
Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Vengriyaga qarshi bahsda jamoasining 2-golini kiritdi.
Shunday qilib, Ronalduning faoliyatidagi umumiy gollari soni 943 taga yetdi. Krishtianuning minglik dovonga yetishi uchun yana 57 gol yetarli bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini 22 yil avval boshlagan. Bu vaqt oralig'ida u jami 223 o‘yinda 141 gol va 45 assist muallifi bo‘lgan. Uning 802 ta goli esa klublar miqyosida kiritilgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor