locale OZ

Krishtianu Ronaldu sogʻliqni saqlash sohasiga yirik sarmoya kiritdi

Portugaliyalik yulduz hozirda «An Nasr» sharafini himoya qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu sogʻliqni saqlash sohasiga yirik sarmoya kiritdi
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu sog‘liqni saqlash hamda sog‘lom turmush tarziga mo‘ljallangan yangi avlod raqamli operatsion tizimi — Pro2col Software loyihasiga yirik sarmoya kiritdi.

Herbalife kompaniyasining rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, afsonaviy futbolchi mazkur texnologiyaga egalik qiluvchi «HBL Pro2col Software» sho‘ba korxonasining 10 foiz aksiyasini sotib olgan. Ushbu bitim qiymati 7,5 million dollarni tashkil etdi.

Pro2col tizimi Herbalife distribyutorlariga mijozlar bilan aloqalarni yaxshilash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kengaytirilgan tahliliy vositalarni taqdim etadi. Mazkur texnologiya yordamida shaxsiylashtirilgan ovqatlanish va sog‘lomlashtirish dasturlari yanada qulay va oson ommalashadigan ko‘rinishga keltiriladi.

Qayd etish joizki, Krishtianu Ronalduning Herbalife brendi bilan muvaffaqiyatli hamkorligi 2013 yildan buyon davom etib kelmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting