locale OZ

Krishtianu Ronaldu qaysi klub futbolchilari bilan futbolka almashtirmasligini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu qaysi klub futbolchilari bilan futbolka almashtirmasligini aytdi
FOTO: Getty Images

Besh karra “Oltin to'p” sohibi, Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qaysi jamoa futbolchilari bilan hech qachon liboslarni almashtirmasligini aytdi.

“Roma”ga qarshi o'yinni eslayman, hisob 6:0 bo'lganidan ular mendan to'xtashimni so'rashdi va menga tahdid qila boshlashdi. Men hech qachon bu klub futbolchilari bilan futbolka almashmayman”, - deydi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, 2007-yilgi Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o'yinida 2:1 hisobida mag'lub bo'lgan “Manchester Yunayted” javob o'yinida 7:1 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting