Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 959-golini urdi
Portugaliyalik yulduz hozirda «An Nasr» safida toʻp surmoqda.
FOTO: Getty Images
«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional futbolchilik faoliyatidagi 959-golini nishonladi. Bu voqea Saudiya Arabistoni Pro-ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining 15-turi doirasida «Al Hilol»ga qarshi bahsda sodir bo‘ldi.
Uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlar — «Al Hilol» foydasiga yakunlandi. Ronaldu o‘yinning 42-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa-da, bu gol «An Nasr»ga ochko olib kelmadi.
14 ta uchrashuvdan so‘ng «Al Hilol» 38 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. «An Nasr» esa 31 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist