locale OZ

Krishtianu Ronaldu Portugaliya futboli tarixida yana bir rekordni yangiladi

41 yoshli futbolchi Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu Portugaliya futboli tarixida yana bir rekordni yangiladi
FOTO: Getty Images

JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Portugaliya terma jamoasi O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etib, jamoasining yirik g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.

Ushbu ikki gol orqali Ronalduning Jahon chempionatlaridagi umumiy gollari soni 10 taga yetdi. Shu tariqa u Portugaliya terma jamoasi tarixida mundiallardagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Avval bu rekord afsonaviy Eusebioga tegishli edi. U Jahon chempionatlarida 9 ta gol urgan. Ronaldu esa O‘zbekistonga qarshi bahsdagi dubldan so‘ng Eusebioni ortda qoldirdi.

Shuningdek, portugaliyalik hujumchi 2006, 2010, 2014, 2018, 2022 va 2026-yilgi Jahon chempionatlarida gol urgan ilk futbolchi sifatida ham tarixga kirdi. 41 yoshida ham rekordlar yangilayotgan Ronaldu yana bir bor futbol tarixidagi eng buyuk nomlardan biri ekanini isbotladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting