locale OZ

Krishtianu Ronaldu: «Portugaliya bilan 3 ta sovrin yutdim»

Ronaldu JChdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu: «Portugaliya bilan 3 ta sovrin yutdim»
ФОТО: Getty images

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

"Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Jamoaning o‘yini ham yaxshi bo‘ldi. Albatta, bundan ham yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi, ammo Ispaniya dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Ular finalgacha yetib boradi yoki bunga juda yaqin bo‘ladi.

Bunday tarzda musobaqani tark etganimdan afsusdaman. Ammo maydonda borimni berdim, qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Vijdonim toza holda ketayapman. Futbolda ba'zida g‘alaba qozonasan, ba'zida esa mag‘lub bo‘lasan.

Ha, bu mening so‘nggi Jahon chempionatim bo‘ldi. Endi yaxshilab o‘ylash, oilam bilan vaqt o‘tkazish imkonim bo‘ladi. Hayot esa davom etadi.

Ertaga ham bugungidek kayfiyatda uyg‘onaman, chunki qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim.

Portugaliya bilan 3 ta sovrin yutdim. Mendam oldin esa terma jamoa hisobida birorta ham sovrin yo‘q edi. Shuning uchun faqat faxrlanishim mumkin.

Yevro–2016 g‘olibligi men uchun Jahon chempionati darajasidagi yutuq bo‘lib qoladi. Bu tarix o‘zgarmaydi. Ertadan esa yangi kun boshlanadi va biz oldinga yurishda davom etamiz”, - dedi Ronaldu.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting