Krishtianu Ronaldu Oʻzbekistonga qarshi o‘yindan keyingi intervyuda Lionel Messi rekordi haqidagi savolga javob bermadi
JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Portugaliya terma jamoasi O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etib, jamoasining yirik g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.
Bahsdan so‘ng jurnalistlardan biri Ronalduga Lionel Messining Jahon chempionatlaridagi gollar rekordi haqida savol bermoqchi bo‘ldi. Biroq portugaliyalik hujumchi savolni oxirigacha eshitmasdan, suhbatni boshqa mavzuga o‘tkazishni so‘radi.
Avvalroq Lionel Messi Argentina terma jamoasining Avstriyaga qarshi uchrashuvida dubl qayd etib, Jahon chempionatlaridagi gollari sonini 18 taga yetkazgandi. Shu tariqa u Miroslav Klozening 16 gollik natijasini ortda qoldirib, turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Ronaldu esa O‘zbekistonga qarshi bahsda 6 va 39-daqiqalarda gol urdi. Ushbu dubl orqali u Portugaliya terma jamoasi tarixida Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi to‘purar maqomini qo‘lga kiritdi. Hozirda Ronalduning mundiallardagi gollari soni 10 taga yetgan.
Portugaliya terma jamoasi ushbu g‘alabadan so‘ng K guruhidagi holatini yaxshilab oldi. Jamoa navbatdagi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.