Krishtianu Ronaldu: «Oson hafta bo'lmadi, ammo biz qaytdik»
JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Portugaliya milliy jamoasi O‘zbekiston terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etib, jamoasining yirik g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.
O‘yindan keyin portugaliyalik hujumchi so‘nggi hafta jamoa uchun oson kechmaganini, biroq futbolchilar kurashni davom ettirib, kerakli natijaga erishganini ta’kidladi.
“Bu oson hafta bo‘lmadi. Hammasi go‘yoki men faoliyatimni yakunlab bo‘lgandek boshlandi. Ammo men har doimgidek kurashishda davom etdim. Chunki men mehnatga ishonaman. Tan olish kerak, oson bo‘lmadi, ammo biz qaytdik”, — dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya 1-turda DR Kongo bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi. O‘zbekiston ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng Portugaliya 4 ochko bilan K guruhida yetakchilik qilmoqda.
3-turda Portugaliya Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. O‘zbekiston esa DR Kongo bilan bahs olib boradi.