locale OZ

Krishtianu Ronaldu “Oltin to'p”ni kim qo'lga kiritishi kerakligini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu “Oltin to'p”ni kim qo'lga kiritishi kerakligini aytdi
FOTO: Getty Images

Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2025-yilgi “Oltin to'p”ga kim ko'proq loyiqligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

“Menimcha, “Oltin to'p”ni maydonda ajralib turgan va Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan futbolchi olishi kerak.

Men individual sovrinlarga ahamiyat bermayman. Biroq Yamalda imkoniyat bor, ammo aniq favorit yo'q”, - deydi Ronaldu.

Ma'lumot uchun, turli nashrlar “Oltin to'p”ga asosiy da'vogar bo'lgan quyidagi futbolchilarni tilga olmoqda: Usmon Dembele (PSJ), Lamin Yamal (“Barselona”), Rafinya (“Barselona”) va Muhammad Saloh (“Liverpul”).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting