locale OZ

Krishtianu Ronaldu musulmon olamini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Portugaliyalik yulduz hozirda Saudiya Pro-ligasida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu musulmon olamini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
FOTO: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu muqaddas Ramazon oyi yakunlanishi va Ramazon hayiti munosabati bilan barcha musulmonlarga o‘z tabrigini yo‘lladi.

«Barchaga Iyd Muborak! Ushbu maxsus kunni oilangiz va yaqinlaringiz davrasida o‘tkazasiz deb umid qilaman. Hammangizga tinchlik va baxt tilayman», — deb yozdi Ronaldu o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda klub miqyosida barcha turnirlar doirasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 4 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Saudiya Pro-ligasining 26-turidan so‘ng, «An Nasr» jamoasi 67 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa eng yaqin ta’qibchisi — «Al Hilol»dan uch ochkoga o‘zib ketgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting