Krishtianu Ronaldu: «Men Trampdan ham mashhuroqman»
2024 yilda Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘lgan ilk insonga aylangandi.
ФОТО: Getty images
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu jurnalist Pirs Morgan bilan intervyusida AQSh prezidenti Donald Trampni yoqtirishini aytib, o‘zini undan mashhuroq inson deb hisoblashini ta’kidladi.
“Kim mashhuroq — menmi yoki Tramp? Shu mavzuda bahs tashkil qilaylik. Men Trampdan ham mashhuroqman, hattoki eng kichik orollarda ham meni taniyishadi. Menimcha, dunyoda mendan mashhuroq odam yo‘q. Lekin ochig‘i, men hech qachon bu qadar mashhur bo‘lishni istamaganman, faqat muvaffaqiyatli inson bo‘lishni xohlaganman”, – degan Krishtianu.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘lgan ilk insonga aylangandi. Shulardan 667 mln — Instagram’da, 77 mln — YouTube’da, 113 mln esa X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist