Krishtianu Ronaldu: «Maqsad jahon chempionatiga chiqish va unda g‘alaba qozonish»
40 yoshli futbolchi terma jamoaning asosiy maqsadiga to‘xtaldi.
ФОТО: Getty images
Portugaliya terma jamoasi sardori mamlakati bilan yozda bo‘lib o‘tadigan JChda g‘alaba qozonishni maqsad qilganini aytdi.
"Bor e’tiborni hozirgi kunga qaratishimiz kerak. Albatta, maqsad jahon chempionatiga chiqish va unda g‘alaba qozonish, ammo har bir bosqichga bosqichma-bosqich yaqinlashishimiz kerak.
Bizda ikkita uy uchrashuvi bor va Roberto Martines aytganidek, lahzadan zavq olish muhim. Nafaqat uyda, muxlislarimiz bilan o‘ynasak, ayniqsa kuchli bo‘lamiz. Portugaliya termasida o‘ynash sharafdir. Men har doim muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashini his etaman, hatto biz omadsizlikka uchrasak ham. Ishonchim komilki, keyingi bir necha o‘yinni muvaffaqiyatli o‘tkazib, jahon chempionatiga yo‘llanma olamiz", - dedi Krishtianu Ronaldu.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist