locale OZ

Krishtianu Ronaldu klub almashtirish haqida o‘ylamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu klub almashtirish haqida o‘ylamoqda
Rasm: matchtv.ru Krishtianu Ronaldu

Nufuzli "Sky Sports" telekanalini xabariga ko’ra, futbolchining 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun boshqa jamoaga o‘tish ehtimoli mavjud. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 40 yoshli portugaliyalik 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun boshqa klub bilan qisqa muddatli shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Yoshi sababli Ronaldu, ehtimol, faqat shu yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘ynay oladi. Keyingi turnir 2029-yilda o‘tkazilishi

munosabati bilan portugaliyalik sportchi 44 yoshda bo‘ladi.
Ronalduning "Al-Nasr" bilan shartnomasi 2025-yil yozida tugaydi va klub turnirga chiqish uchun yo’llanma ola olmadi. Shu bilan birga, uning asosiy raqibi Lionel Messi turnirda "Inter Mayami" safida ishtirok etadi.

Krishtianu Ronaldu terma jamoa uchun ketma-ket 22 ta gol urgan tarixdagi birinchi o‘yinchi bo‘ldi. Bundan tashqari, uning hisobida barcha musobaqalarda 929 ta gol mavjud.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting