Krishtianu Ronaldu ketma-ket uchinchi bor dunyoning eng ko'p maosh oluvchi sportchisi deb topildi
Portugaliya terma jamoasi va “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'tgan yil davomida 275 million dollar ishlab topdi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.
Nashr tomonidan e'lon qilingan dunyoning eng ko'p maosh oluvchi 50 nafar sportchisi ro'yxatida Ronaldu ketma-ket uchinchi bor birinchi o'rinda qayd etildi.
Yil davomida 40 yoshli futbolchi 275 million dollar ishlab topgan, shundan 225 millioni maosh va turli bonuslar, 50 million dollari esa homiylik shartnomalaridan kelib tushgan.
Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi esa ushbu reytingda beshinchi o'rinni egalladi. Messi o'tgan yili 135 million dollar ishlab topdi, shundan 60 millioni maosh va bonuslar, 75 million dollari esa homiylik shartnomalaridan kelib tushgan.