locale OZ

Krishtianu Ronaldu JCh-2026 startidan oldin: «Ertaga yangi sahifa ochiladi»

Portugaliya mundialning ilk turida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu JCh-2026 startidan oldin: «Ertaga yangi sahifa ochiladi»
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati — 2026 doirasidagi DR Kongoga qarshi ilk oʻyin oldidan muxlislarga murojaat yoʻlladi.

«Har safar ushbu libosni kiyganimizda, xuddi birinchi kundagidek gʻurur, ishtiyoq va masʼuliyatni his qilamiz.

Ertaga yangi sahifa ochiladi.

Biz ushbu lahzagacha yetib kelish uchun tinimsiz mehnat qildik, endi mamlakatimiz hamda bizni shu yerda va butun dunyo boʻylab qoʻllab-quvvatlayotgan barcha portugal jamoalari uchun borimizni beradigan vaqt keldi. Biz kabi siz ham ishoning!» — deb yozdi Ronaldu oʻzining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, Jahon chempionatining 2-turida portugaliyaliklar Oʻzbekiston terma jamoasi bilan (23-iyun), 3-turda esa Kolumbiya bilan (28-iyun) kuch sinashishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting