locale OZ

Krishtianu Ronaldu JCh-2026 oldidan Portugaliya xalqiga minnatdorlik bildirdi

Portugallar turnirdagi ishtirokini Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu JCh-2026 oldidan Portugaliya xalqiga minnatdorlik bildirdi
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu JCh-2026 oldidan milliy jamoa muxlislariga qoʻllab-quvvatlov uchun minnatdor/ik bildirdi.

«Biz Jahon chempionatiga millionlab portugaliyaliklarning kuchi bilan yoʻl olmoqdamiz. Biz bilan birga ekanligingiz uchun rahmat», — deya yozib qoldirdi Ronaldu oʻzining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Portugaliya terma jamoasi joriy turnirdagi dastlabki uchrashuvini guruh bosqichi doirasida Kongo DR terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Ushbu bahs 17-iyun kuni boʻlib oʻtadi. «K» guruhining 2-turida Portugaliya milliy jamoasi Oʻzbekiston bilan (23-iyun), 3-turda esa Kolumbiyaga qarshi (28-iyun) maydonga tushadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting