Krishtianu Ronaldu jarohat oldi
Kecha, 28 fevral kuni Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 24-turi doirasida «An Nasr» jamoasi safarda «Al Fayha» mehmoni bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahsda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi, biroq bahsni yakuniga qadar maydonda qola olmadi. O‘yinning 81-daqiqasida 41 yoshli portugaliyalik yulduz o‘ng oyog‘idagi muammolar sababli zaxiraga olindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Ronaldu 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydi — uning zarbasi darvoza ustunining yonidan o‘tib ketdi. Shunga qaramay, «An Nasr» o‘yinni g‘alabaga qadar yetkazib bordi va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Maʼlumot uchun, «An Nasr» navbatdagi uchrashuvini 4 mart kuni safarda «Al Vasl» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Hozircha portugaliyalik hujumchining ushbu bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi.