Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatlaridagi gollari sonini 10 taga yetkazdi
JCh-2026 guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasi O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etib, Jahon chempionatlaridagi umumiy gollari sonini 10 taga yetkazdi.
Qizig‘i shundaki, portugaliyalik hujumchi mundiallarda urgan barcha gollarini faqat guruh bosqichi o‘yinlarida kiritgan. Ronaldu hali biror marta Jahon chempionati pley-off bosqichida gol urmagan.
Shu tariqa u mundiallar tarixida pley-offda gol urmagan futbolchilar orasida eng ko‘p gol kiritgan o‘yinchi bo‘lib turibdi. Bu ro‘yxatda undan keyingi o‘rinlarda Layosh Tixi, Oleg Salenko va Enner Valensiya qayd etilgan.
Top-4 ro‘yxat quyidagicha:
- Krishtianu Ronaldu — 10 ta gol
- Layosh Tixi — 7 ta gol
- Oleg Salenko — 6 ta gol
- Enner Valensiya — 6 ta gol
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi soʻnggi uchrashuvini 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da start oladi.