locale OZ

Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi

Portugaliyalik yulduz hozirda Saudiyada to’p surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsum uning professional futboldagi so‘nggi yili bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. 41 yoshli futbolchi faoliyatining yakuniga yaqinlashayotganini tan olib, futbolni katta meros qoldirgan holda tark etishni istayotganini ta’kidladi.

Ronaldu Vogue nashriga bergan intervyusida ehtimol aynan shu mavsum uning futboldagi so‘nggi yili bo‘lishini aytgan. Portugaliyalik yulduz faoliyati davomida erishgan natijalaridan faxrlanishini va futbol bilan xayrlashish qarorini munosib tarzda qabul qilishni istashini bildirgan.

O‘tgan mavsumda Ronaldu “An-Nasr” safida barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, 2026-yilgi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi safida beshta uchrashuvda uch marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu faoliyati davomida besh marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan, Portugaliya bilan Yevro-2016 va ikki marta Millatlar Ligasida zafar quchgan. Shuningdek, u besh karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi va milliy terma jamoalar, Chempionlar Ligasi hamda Yevropa chempionatlari tarixidagi qator gol rekordlariga egalik qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting