locale OZ

Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon tugatishi ma'lum bo‘ldi

Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon tugatishi ma'lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

"An-Nasr" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu 2027 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu va "An-Nasr" rahbariyati futbolchining 2027 yilda yakunlanadigan amaldagi shartnomasini uzaytirish niyatida emas. Shu bois, o‘sha paytda 42 yoshni qarshi oladigan Krishtianu faoliyatini yakunlash qarorini qabul qilishi mumkin.

Shu bilan birga, hujumchi bir necha bor uning asosiy maqsadi — faoliyati davomida 1000 ta gol urish ekanini bildirgan. Ayni paytda portugaliyalik yulduzning hisobida 960 ta gol mavjud.

Krishtianu joriy mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting